Afg'onistonning elektr energiyasi uchun qarzi 62 mln. dollar

Afg'onistonning qo'shni davlatlarga elektr energiyasi uchun qarzi 62 million AQSh dollarini tashkil etadi, deya xabar beradi Afg'oniston energetika korporatsiyasi DABS.
Ta'kidlanishicha, korporatsiya elektr energiyasini sotib olgan qo'shni eksport qiluvchi mamlakatlarga (O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron), qarzni to'lab berishi va elektr energiyasini o'chirmaslik iltimosi bilan xat yuborgan.
DABS shuningdek, BMTning Afg'onistonga yordam berish missiyasiga qarzlarni to'lashda yordam berish uchun murojaat qildi. Agar kompaniyaga yordam berishdan bosh tortsa, "elektr uchun pul to'lamagan afg'onistonliklarga bosim o'tkazishga to'g'ri keladi, ularni qurbi yetmasligini bila turib".






