Afg‘on qizlari o‘rta maktab bitiruv imtihonlarida ishtirok etishiga ruxsat berildi

Tolibon hukumati rasmiy manbalari xabariga ko’ra, Afg’onistondagi o’smir qizlar uchun shu hafta o’rta maktabni bitirish imtihonlarini topshirishga ruxsat berildi.

AQSHning Associated Press agentligi tomonidan ochiqlangan Tolibon ta’lim vazirligiga tegishli hujjatlarga ko’ra, qaror Afg’onistonning 34 viloyatidan 31 tasiga tegishlidir.

Cheklangan uchta viloyat - Qandahor, Hilmand va Nimrozda o’quv yili uchun boshqa jadval mavjud bo’lib, unga ko’ra o’rta maktabni bitirish imtihonlari keyinroq o’tkaziladi.

Kobul ta’lim boshqarmasi boshlig’i Ehsanulloh Kitobning aytishicha, imtihonlar bugun 7-dekabr chorshanba kuni bo’lib o’tadi. Necha nafar qizning imtihon topshirishi mumkinligi hozircha noma’lum.

Talabalar va ularning ayol o’qituvchilari Tolibonlarning ayollar uchun kiyinish odobi bo’yicha hijob yoki ro’mol o’rashlari kerak bo’ladi, imtihon vaqtida mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanadi. Imtihonda qatnasha olmagan yoki uddasidan chiqa olmagan qizlarga qishki ta’tildan so’ng mart oyi o’rtalarida imtihonni qayta topshirishga ruxsat beriladi.