Agrar sohadagi asosiy muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

Joriy yilning 25-iyun kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʼzbekiston Iqtisodiyot assambleyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tashkillashtirilgan agrar sohadagi asosiy muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati oʼtkazildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirishda ushbu sohada katta amaliy tajribaga ega boʼlgan, rivojlangan mamlakatlarning yoʼli oʼrganilib, Oʼzbekiston uchun xos boʼlgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish andozasi ishlab chiqildi.

Аholining ish bilan bandligini taʼminlash va farovonligini oshirishda qishloq tadbirkorligini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Tadbirni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ochib berdi va agrar sohadagi bugungi holat hamda ushbu yoʼnalishdagi tadbirkorlarning sohadagi muammolarini aniqlash, takliflarini shakllantirishda faol boʼlishga chaqirdi.

Davra suhbatida, tadbirkorlarning qishloq xoʼjaligi sohasida quyidagi yoʼnalishlardagi masalalari atroflicha muhokama qilindi:

yer munosabatlaridagi muammolar va ularning yechimlari;
moliyaviy muammolar va ularning yechimlari;
huquqiy munosabatlar va ularning yechimlari va boshqalar.
Yuqoridagi yoʼnalishlar boʼyicha tadbirkorlik subyektlarining takliflari umumlashtirish, tahlil qilish va yuqori tashkilotlarga taqdim qilish uchun yigʼib olindi.