Aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlar talabi bekor qilinmoqda

Prezident Farmoniga muvofiq-davlat organlari, tadbirkorlik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi organlar, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholi, shu jumladan, tadbirkorlardan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab bekor qilinadi:

  • Psixonevrologiya dispanserida ro'yxatda turish yoki yo'qligi;
  • narkologik dispanserda ro'yxatda turish yoki yo'qligi;
  • jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik haqidagi hujjat;
  • manzil bo'yicha ma'lumotnoma;
  • fuqaro nomida shaxsiy uy-joyning mavjud yoki yo'qligi haqida ma'lumotnoma;
  • yashash joyi maydoni;
  • soliq qarzining mavjudligi yoki yo'qligi;
  • jismoniy shaxs-soliq to'lovchini davlat soliq xizmati organlarida ro'yhatda turmasligi;
  • pensiya va nafaqa miqdori;
  • pensiya va nafaqa oluvchilar ro'yxatida turish yoki turmasligi;
  • nikohni ro'yxatdan o'tkazish, nikohni qayd etish yoki ajrashish.
    Davlat organlari va tashkilotlari ushbu hujjatlar va axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlardan, shu jumladan, elektron hukumat tizimining idoralararo integratsiyasi platformasi orqali so'rashadi.