Airbus atmosferaga zarar bermaydigan samolyotni taqdim etadi

Airbus kompaniyasi 2026 - yilga kelib atmosferaga zarali moddalar chiqarmaydigan dunyodagi birinchi samolyotni ommaga taqdim etish niyatida.

Airbus, fransuz samolyot ishlab chiqaruvchisi, o‘tgan yili ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan “A380” samolyotlaridan birining o‘zgartirilgan versiyasidan foydalangan holda vodorod yoqilg‘isi texnologiyasini sinovdan o‘tkazish rejasini e’lon qildi.

Samolyot ishlab chiqaruvchisi o'zining bo'lajak vodorod samolyoti uchun harakatlanish texnologiyasini sinab ko'rish maqsadida suyuq vodorod baklari bilan jihozlangan "A380" reaktividan foydalanadi.

Airbus kompaniyasi vitse-prezidenti Glenn Llevelinning ta’kidlashicha, "A380" samolyoti orqa qismiga vodorod bilan ishlaydigan gaz trubinasi joylashtiriladi va bu samolyotga atrof-muhitga hech qanday zaharli moddalar tarqatmasligiga yordam beradi.

Hammasi rejaga ko’ra ketgan taqdirda, sinov parvozlari 2026 - yilda amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.