AirPods Lite: Apple yangi quloqchin ustida ishlamoqda

Haitong International Tech Research tahlilchisi Jeff Puning soʼzlariga koʼra, kompaniya arzonroq simsiz quloqchinlar bilan raqobatlashish uchun yangi "AirPods Lite" ustida ishlamoqda.
Hozircha uning texnik xususiyatlari haqida maʼlumotlar mavjud emas, lekin tahlilchilarning so’zlarga ko’ra, uning narxi bozordagi boshqa xitoylik taniqli smartfon ishlab chiqaruvchilarining simsiz quloqchinlari bilan raqobatlashish uchun ancha arzon boʼladi.
2021-yilda AirPods 3 sotuvga chiqarilishi bilan Apple oldingi avlod AirPods 2ni doʼkonlarda 129 dollar narxda saqlab qolgan, AirPods 3 esa 169 dollar turadi. Taxminlarga koʼra, AirPods qatorining mutlaqo yangi modeli – AirPods Lite 129 dollardan arzonroq, ehtimol 99 dollar boʼlishi mumkin.
Shuningdek, yana bir taniqli Apple tahlilchisi, Ming Chi Kuo ham ushbu xabarlarni tasdiqlagan va qoʼshimchasiga AirPods Maxning yangilangan versiyasi ham gapirgan.
Kuoning soʼzlariga koʼra, ushbu yangi AirPodslarni Apple 2024-yilning ikkinchi yarmida chiqarishni reja qilgan. Biroq, bu vaqt jadvali 2025-yilgacha ham choʼzilishi mumkin.






