Akfa innovatsion mahsulotlarini taqdim etdi

Toshkentda UzBuild-2021 22-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 16 mamlakatdan 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi.
Shular qatorida O‘zbekistonning yirik sanoat xoldinglaridan biri - AKFA Group o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.
O‘z stendida xolding uchta asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi yechimlarni taqdim etgan: AKFA Windows&Doors (deraza va eshik tizimlari), AKFA Build (qurilish va shahar yechimlari) va AKFA Comfort (isitish yechimlari).
Akfa Grooup PVX va aluminiy derazani va eshiklar tizimlarini (issiq seriyali), fasad va sirg‘aluvchi tizimlarni hamda zamonaviy ofis bo‘limlarini namoyish etdi.
Shuningdek, mehmonlar uchun zamonaviy qoplama materiallari - HPL panellari taqdim etildi. AKFA Group stendida zamonaviy isitish radiatorlari taqdim etilgani: Caliente, panelli radiator (maxsus dizayn bosmasi bilan) va gazli qozon.
Kompaniya O‘zbekiston bozorida yaqin kelajakda endigina sotuvga qo‘yiladigan yangi mahsulotlarni taqdim etiladi. Bu Wi-Fi orqali boshqariladigan Airfel Maestro Smart Premix gazli qozoni. Ushbu qozonni mobil telefon orqali boshqarish mumkin.
Shuningdek, W&D yo‘nalishida olti kamerali yangi avlod oyna tizimi Engelberg 8000 taqdim etildi. Mahsulot issiqlik va shovqin izolyatsiyasiga nisbatan eng yuqori talablarga ega.
Ma’lumot uchun, Akfa Group kompaniyasi alyuminiy va PVX profil, deraza va eshik konstruktsiyalari, isitish radiatorlari, aluminiy kompozit panellar va qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.






