AKT sohasidagi o’quv kurslari uchun ta’lim krediti ajratiladi

Nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun taʼlim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bunda taʼlim kreditlari:

   - Markaziy bankning asosiy stavkasida;
   - BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
   - Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
   - “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun taʼlim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.