Aleksandr Vuchich ikkinchi muddatga Serbiya prezidenti etib saylandi

Aleksandr Vuchich Serbiya prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Saylov kunining oxiriga kelib, u 60 foizdan ko‘proq ovoz to’plagani ma’lum bo’ldi.

Amaldagi davlat rahbari birinchi turda ikki marta saylovda g‘alaba qozonganini esladi. Uning eng yaqin raqibi, sobiq armiya generali Zdravko Ponosh, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 17% ovoz olgan. Serbiya prezidentligi uchun jami sakkiz nomzod kurash olib bordi, ularning barchasi saylovda sezilarli farq bilan mag’lub bo’ldi.

Shuningdek, 3-aprel kuni Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning amaldagi hukumat rahbari Viktor Orban boshchiligidagi «Fides» va Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi g‘alaba qozondi va Viktor Orban to‘rtinchi muddatga bosh vazir sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.