Alibaba Turkiyadagi infratuzilmaga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi

Alibaba Group Istanbul va Anqara chekkalarida logistika markazi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash markazi qurilishiga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Xitoy kompaniyasi prezidenti Jon Maykl Evans Sabah gazetasiga bergan intervyusida gapirgan.
Janob Evansning so'zlariga ko'ra, kompaniya Istanbul aeroportida logistika bazasini, shuningdek, Temellida joylashgan 200 ming kvadrat metr maydonga ega Turkiyadagi eng yirik ma'lumotlar markazini qurish niyatida. Alibaba prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi baza Yevropa va Yaqin Sharqqa tovarlar yetkazib berish zanjirida asosiy nuqtaga aylanishi mumkin. Turkiya infratuzilmasiga keng ko‘lamli sarmoya kiritish esa Alibabaga daromadni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.






