Alisher Sadullaevning Germaniyada erishgan kelishuvlari

Avval yozganimizdek, Alisher Sadullaev One Young World Summit-2021 sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Germaniyaga tashrifi chog'ida Germaniya tomoni bilan erishilgan loyiha va tashabbuslarga to'xtalib o'tdi.

Asosiy loyihalar va tashabbuslar:

Aynan mana shu nufuzli sammitni 2025-yilda O'zbekistonda o'tkazish bo'yicha harakatlar boshlandi. Bunda dunyoning 197 ta davlatidan liderlar, mashhur shaxslar, eng muhimi, yangi investitsiyalarni yurtimizga kelishiga erishish mumkin.

Germaniyaning “Sparkasse” jamg'armasi ijrochi direktori Nicklaus Bergmann va Matthisa Fohs janoblari bilan uchrashuvda yosh fermerlarni qo'llab-quvvatlash uchun tizim yaratilgan haqida aytib o'tildi.

«Siemens Energy», «MAN Truck & Bus SE» va «BMW Group» kompaniyalarining mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur kompaniyalarida dual ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilish va o‘zbekistonlik yoshlarni ushbu nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tashga yuborish bo‘yicha kelishuvlar erishildi.

Berlinda Konrad Adenauer jamg‘armasi vakillari bilan yoshlar siyosati sohasida o‘zaro tajriba almashishni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi bilan hamkorlik amalga oshirish hamda VKNEda Germaniya oliygohlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning amaliyot o‘tashi kelishib olindi.

Safar davomida Germaniyada tahsil olayotgan, ishlayotgan yosh vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o'tkazildi.