Аlkogol va tamaki mahsulotlari chekloviga oid qonun ma'qullandi

Oʼttiz oltinchi yalpi majlisida “Аlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʼgʼrisida”gi Qonun muhokama qilinib, alkogol va tamaki mahsulotlari, shuningdek tamaki hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishiga doir cheklovlar kiritilmoqda.

Maʼlumki, mazkur Qonun Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilib, Qonun boʼyicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oliy Majlis palatalari tomonidan kelishuv komissiyasi tuzilgan edi.

Kelishuv komissiyasining aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va eʼtirozlar eʼtiborga olinib, Qonunchilik palatasi tomonidan Qonun tasdiqlangan.

Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʼyicha bir qancha yangiliklar kiritilishi kutilmoqda.

Аlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash, ularning salbiy taʼsirini profilaktika qilishning davlat tomonidan kafolatlanishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu boisdan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining yigirma bir yoshga toʼlmagan shaxslarga realizatsiya qilish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogolь va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda. Ushbu yosh chegarasi amaldagi Qonunga nisbatan uzaytirilmoqda.

Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʼyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar safi kengaytirilmoqda va ularning sohadagi vakolatlari aniq belgilanmoqda.

P.S. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.