Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishga taqiq chegarasi 21 yosh etib belgilanishi mumkin

Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.

Senatorlar tomonidan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihasi ko'rib chiqiladi.

Hujjat bilan «alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda».

Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.