Alp tog'laridagi chang'i kurortlari qor yo'qligi sababli yopilish xavfi ostida

WSJ ma'lumotlariga ko'ra, Alp tog'laridagi chang'i kurortlari qor yo'qligi sababli yopilish xavfi ostida. Qayd etilishicha, yanvar oyida “l'Alpe du Grand Serre” kurorti joylashgan Fransiyaning “La Morte” kommunasida havo nihoyatda issiq bo’lgani sabab sun’iy qor ham yordam bermagan.

Muassasa rahbariyati so‘zlariga ko‘ra, qorga tayangan kurort uzoq vaqtdan buyon moliyaviy muammoga duch kelgan. Ta’kidlanishicha, tashkilotchilar tog‘-chang‘i bazasini ko‘chirish, velosiped va piyoda yurish yo‘nalishlarini ko‘paytirish, qor ishlab chiqarish uchun sunʼiy ko‘l qurishni rejalashtirmoqda.