Amazon Appleni ortda qoldirdi

Britaniyaning “Brand Finance” konsalting kompaniyasiga tegishli brendlarni baholash bo’yicha yangi hisobotiga ko’ra Amazon dunyoning eng qimmat brendlari ro’yxatida birinchi o’rinni egallab, Appleni ortda qoldirdi.

Jeff Bezos tomonidan asos solingan kompaniya bir yilda 51 milliard dollar (350 milliard dollardan 299,3 milliard dollargacha) ya’ni 15 foizga o’z qiymatini yo’qotganiga qaramay, Amazonning ustuvorligi saqlanib qoldi.

Manbaalarga ko’ra, Apple brendining qiymati 16 foizga tushib, 297,5 milliard dollarni tashkil qildi va reytingda ikkinchi o’rinni egalladi.

Uchinchi o’rinda Google (281,4 milliard dollar), keyingi o’rinlarda Microsoft (191,6 milliard dollar) va Walmart (113,8 milliard dollar) kompaniyalari qayd etilgan.

Janubiy Koreyaning Samsung texnologik kompaniyasi 6-o’rinni (99,7 milliard dollar), Xitoyning ICBC banki 7-o’rinni (69,5 milliard dollar), AQShning Verizon telekommunikatsiya kompaniyasi 8-o’rinni (67,4 milliard dollar), Tesla esa 9-o’rinni (66,2 milliard dollar), TikTok 10-o’rinni (65,7 milliard dollar) egalladi.

Reyting jadvalining oxirgi qatoridagi brendning qiymati 4,7 milliard dollarni tashkil etdi.Tadqiqot natijalariga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlari katta farq bilan mamlakatlar reytingida birinchi o’rinni egalladi.

P.S. “Brand Finance” ro’yxatidan jami 201 ta Amerika, 71 ta Xitoy, 32 ta Yaponiya, 31 ta Fransiya, 25 ta Britaniya va 24 ta Germaniya kompaniyalari o’rin olgan.