Amazon asoschisi bosh direktor lavozimini tark etdi

«Bezos Earth Fund» ga ko'proq vaqt ajratish uchun Amazon asoschisi Jeff Bezos kompaniyaning bosh direktori lavozimini tark etdi.

Bezos kompaniyani tashkil topgandan beri 27 yil davomida boshqargan. Endi uning o'rnini avvalroq Amazon veb-servislarini boshqargan Endryu Jessi egallaydi.

“Men rais sifatida asosiy e'tiborni yangi mahsulotlarga qaratmoqchiman. Andy kompaniyada yaxshi tanilgan va deyarli men kabi Amazonda ishlagan. U ajoyib rahbar bo'ladi va men unga to'liq ishonaman", deb yozgan Bezos.

Forbes ma'lumotlariga ko'ra Bezos dunyodagi eng boy odam. Uning boyligi 201,8 milliard dollarga baholanmoqda.