Amir Temur tavalludining 686 yilligi

9-aprel Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. U oʻrta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, fan va madaniyat homiysi edi.

Buyuk sarkarda haqida qiziqarli faktlar:

  • Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olinadi;

  • Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan;

  • 1398-1399-yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan;

  • Amir Temurning umri davomidagi eng yirik urush Iroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402-yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozonib uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Fransiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan;

  • 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan;

  • Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Fransiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan;

  • 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan;

  • Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. U Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilingan;

  • Ayni paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi;

  • Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996-yilda rasman ochilgan;

  • 1996-yilda "Amir Temur" ordeni ta’sis etilgan;

  • Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan;

  • Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan.