Andijon viloyatiga ketgan mamlakatimiz rahbari korxonalar faoliyatini ko'zdan kechirdi

Andijon viloyatiga tashrifi davomida davlatimiz rahbari Paxtaobod tumanidagi innovatsion issiqxonaga hamda Izboskan viloyatidagi "And gold" tikuvchilik va trikotaj korxonasiga borib keldi, - deya xabar qiladi Prezident matbuot xizmati.

Paxtaobod tumanidagi 16 gektar maydondan iborat bo'lgan issiqxonada ichki bozorga olib kirish, shuningdek chet elga eksport qilish maqsadida ekinlar yetishtirilmoqda. Issiqxonada «Aysberg» karami, pomidor, bodring, ularning ko‘chatlari va har xil ko‘katlar yetishtiriladi. Ularni yurtimiz bozorlariga yetkazib berish, shuningdek, yiliga 1 million 500 ming dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan. Korxonada 100 ta ish o‘rni yaratilgan.

O'zbekiston Prezidenti Urganji mahallaning Izboskan tumanida yashovchi fuqaroning uyiga ham tashrif buyurdi. Tashrif davomida Prezident uy egasi Sanobar O'rinboeva bilan suhbatlashdi, Sanobar O'rinboeva o'z navbatida davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi va Prezidentimizni duo qildi.

Bundan keyin davlatimiz rahbari Izboskan tumanining Qo‘g‘ay mahallasiga borib, "And gold" fabrikasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxona yiliga 3 million 500 ming dona tayyor trikotaj ishlab chiqarib, mahsulotlarning 100 foizi eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu boradagi yillik imkoniyat 5 million dollardan ziyod. Halitdanoq kalava ip yetkazib berish bo‘yicha Xitoy va Rossiya bilan shartnoma tuzilgan.

Korxonada hozircha 830 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi. Prezidentimiz ushbu holatga quyidagicha izoh berdi: «Sizlarga o‘zimning hurmatimni, muhabbatimni bildiraman. O‘zlaringiz yashaydigan qishloqda ishli bo‘lganlaringizdan xursandman. Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Bu ishlarni yana davom ettiramiz. Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi»‎‎, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so'ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Izboskan tumanidagi “Rustamjon Zamin rivoji” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla hosilini ko‘rdi.

Xo‘jalikda 55 gektardan ziyod yerga bug‘doy ekilgan. Uning har gektaridan 72 sentnerdan ziyod hosil olish kutilmoqda. Shundan 177 tonna davlat resurslari uchun sotiladi, 225 tonna o‘z ixtiyorida qoladi.

Davlatimiz rahbari quyidagicha izoh berdi:

— G‘alla hosildorligini 100 sentnerga chiqarish choralarini ko‘rish kerak. Shunda fermerning ham, ishchilarining ham daromadi oshadi. Daromadi ko‘paysa, fermer ilmga e’tibor beradi, yangicha ishlashga o‘tadi, qo‘ni-qo‘shnisiga, yoshlarga foydasi tegadi.

Shu yerda viloyat fermerlari, yoshlar vakillari bilan muloqot bo‘ldi:

— Bugun Andijonga kelishimdan maqsad odamlar islohotlarning foydasini sezyaptimi, ro‘zg‘orida o‘zgarish bo‘ldimi, xalqni rozi qilish uchun yana nimalar qilish kerak, degan savollarga javob topish. Yurib ko‘ryapman, albatta, o‘zgarish bor. Lekin bu bizni qoniqtirmaydi. Yanada ko‘proq ishchi joylar, mahallalarda sharoitlar qilishimiz kerak.

Aytish kerakki, respublikamiz rahbari fuqarolar uchun yangi ish o'rinlari yaratish sohasida ko'lamli ishlar amalga oshirmoqda. Aholini ish bilan ta'minlash bu milliy farovonlik ko'rsatkichi, shuning uchun O'zbekistonda yangi ish o'rinlari yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.