Andijon viloyatini rivojlantirish rejasi tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat bo'lgan ishchi guruhi mintaqani rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida Andijon viloyatiga jo'nab ketdi.

Mintaqada qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun alohida yo'nalishlar bo'yicha 8 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etildi:

- investitsiyaviy faoliyatni jadallashtirish;

- sanoatni rivojlantirish;

- eksport hajmini oshirish;

- importni optimallashtirish;

- kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash;

- mahallalarni kompleks rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash;

- yoshlar tadbirkorligini rag'batlantirish;

- yoshlar bandligini oshirish.

Shuningdek, Andijon viloyatining 2021-2022 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturi tahlil qilindi, ushbu dastur davomida viloyatda umumiy qiymati 19,2 trillion so'm bo'lgan 553 ta loyiha amalga oshirilmoqda, bu 58,6 mingga yaqin yangi ish o'rinlarini yaratishga imkon beradi.