“Apple” Rossiyadan keladigan volfram, tantal va oltindan voz kechdi

“Apple” kompaniyasi AQSh hukumati iltimosi bilan Rossiya korxonalari yetkazib beradigan volfram, tantal va oltindan foydalanishdan bosh tortdi. Bu haqda “Kommersant” kompaniyaning 2022-yil uchun moliyaviy hisobotiga tayanib, xabar berdi.

Biroq, ayni vaqtda “Apple” Moskva viloyatidagi “Moliren” zavodidan volfram olishda davom etmoqda.

Shuningdek, yana bir yirik elektronika ishlab chiqaruvchisi, Janubiy Koreyaning “Samsung” kompaniyasi Rossiyaga mahsulot yetkazib bermayotgan boʻlsada, hamon rus metallarini sotib olishda davom etmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish to‘xtatilgan boʻlsada, barcha eksport Qozog‘iston, Hindiston va Xitoy orqali amalga oshirilyapti.

Mutaxassislar fikricha, Rossiya bilan savdo aloqalarini uzishini e’lon qilgan jahonning yetakchi elektronika ishlab chiqaruvchilari ham undan nodir va qimmatbaho metallar voz kechishiga shubha bor. Chunki, Bozorda hali ham narx borasida muqobillar mavjud emas.