AQSh davlat departamenti O'zbekistonda saylovga oid bayonotni e'lon qildi

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti 24-oktabr kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish huquqini amalga oshirishda O'zbekiston xalqini qo'llab-quvvatladi.
Bayonotda EXHT-DIIHB missiyasi kuzatuvi qaroriga qo'shilgan holda, ovoz berish tinch, shaffof va saylovchilarning yuqori ishtiroki bilan o'tgani tan olindi,
Bundan tashqari, Qo'shma Shtatlar O'zbekiston hukumatining YEXHT-DIIHB kuzatuv missiyasi bilan hamkorligini yaxshilashni ma'qullaydi va hukumatni saylov va fuqarolik va siyosiy huquqlarni rag'batlantirish bo'yicha YeXHTning barcha tavsiyalarini bajarishga chaqiradi.
Shuningdek, AQSh Davlat departamenti O'zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik ushbu va boshqa ko'plab masalalar bo'yicha hamkorlikni olqishladi.






