AQSh Davlat kotibi Abdulaziz Kamilov bilan suhbat o'tkazdi

1-iyun kuni Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O'zbekiston TIV.

Uchrashuv chog‘ida Entoni Blinken Davlat kotibi Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini, jumladan, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasidagi yutuqlar va demokratik o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Entoni Blinken Afg‘oniston Islom Respublikasida mustahkam tinchlik va barqarorlikka erishish, mintaqaviy bog‘liqlikni jumladan Afg‘oniston bilan yaqin siyosiy va iqtisodiy hamkorlik qilish orqali kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Suhbat yakunida O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari AQSh Davlat kotibini joriy yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif etdi.

Shuni ta'kidlash joizki, bunga o‘xshash tashriflar O'zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarini mustahkamlashga, shuningdek munosabatlarni yanada yuqori darajaga ko'tarishga yordam beradi.