AQSh Davlat kotibi Blinken e'lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi

Kotibng tashrifi Ukraina rasmiylari bilan uchrashuvlarni o‘z ichiga oladi. Bu tashrif AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini namoyish etish maqsadida amalga oshirilgan deyilmoqda xabarlarda.
Keltirilishicha, AQSh Davlat kotibi Kiyevda Ukraina va kelajakda Rossiya tajovuziga duch kelishi mumkin bo‘lgan boshqa 18 davlatga 2 milliard dollarlik harbiy mablag‘ ajratilishini e’lon qiladi.
Qayd etilishicha, 20-avgust kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga 815 million dollar yordam ko‘rsatishga buyruq berganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga 675 million dollar miqdorida qoʻshimcha harbiy yordam ajratishni ikki davlat mudofaa vazirliklari rahbarlari oʻrtasidagi uchrashuvdan soʻng maʼqullagan. Tegishli hujjat prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan.






