AQSh Davlat kotibi O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifiga izoh berdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bugun Qozog‘istonga uchib ketdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Bugun men Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga sayohatga ketyapman. Bu mening Davlat kotibi sifatida Qozog‘iston va O‘zbekistonga birinchi safarim bo‘ladi va men Markaziy Osiyo bilan hamkorligimizni yanada rivojlanishini intiqlik bilan kutmoqdaman. U yerdan G20 uchrashuvi uchun Hindistonga boraman." - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, AQSh tashqi ishlar vaziri Entoni Blinken Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
Ostonada u AQShning Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini, shuningdek, mintaqa bilan hamkorlikda umumiy global muammolarga yechimlar topish uchun barcha beshta davlat vakillari bilan C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
C5+1 vazirlar kengashida AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.






