AQSh o‘tgan yilda Ukrainaga yordam uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

AQSh 2022-yilda Ukrainaga yordam uchun 75,5 milliard dollar sarflagan. Bu raqamlarni The Hill e'lon qildi. Ularning 29,3 milliard dollari o‘tgan yilning 24-fevralidan beri harbiy yordamdan hisboga tog`ri keladi, deb yozadi gazeta.

Bitta HIMARS mobil raketa tashuvchi tizimi taxminan 4 million dollar turadi, unga bitta raketa esa taxminan 100 ming dollar, Abrams tanki – 10 million dollar, deb nashr xarajatlarga misollar keltiradi.

The Hill nashrining yozishicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan xarajatlarning asosiy qismi “Ukrainaning umumiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiyoti, energiya xavfsizligini tiklash va gumanitar inqirozni yengish uchun” mablag‘lardir. Ushbu maqsadlar uchun Qo'shma Shtatlar 45 milliard dollar yuborgan.

Vashington, shuningdek, Ukrainadan kelgan qochqinlar va mamlakat ichidagi va tashqarisidagi boshqa zaif guruhlarga insonparvarlik yordami uchun 1,9 milliard dollar ajratgan.