AQSh: O'zbekiston odam savdosiga barham berish yo’lida sezilarli o’zgarishlar qilmoqda

AQSh Davlat Departamenti odam savdosiga doir yillik hisobotini taqdim etdi.

Yuqorida aytib o'tilgan hisobot - Odam savdosi qurbonlari va zo'ravonlikni himoya qilish to'g'risidagi AQSh Davlat departamentining Odam savdosi monitoringi va nazorati idorasi tomonidan chiqariladigan yillik hisobotdir.

2000-yildagi Odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunda (TVPA) belgilangan me'yorlarga muvofiq barcha mamlakatlar 3 toifaga bo'linadi:

Birinchi toifaga TVPA talablariga to'liq javob beradigan mamlakatlar kiradi.

Ikkinchi toifa - ushbu shartlarni bajarishga harakat qilayotgan mamlakatlar. Shuningdek, ikkinchi toifaning qo'shimcha (Watch List) guruhi bor. Ushbu guruhga kiradigan davlatlarga nisbatan maxsus monitoring o'tkaziladi. Hamda "Watch List" guruhidagi minimal TVPA standartlariga to'liq rioya qilmaydigan, ammo ularga rioya qilish uchun muhim choralarni ko'radigan davlatlar kiradi.

Uchinchi toifa - TVPA standartlariga javob bermaydigan mamlakatlar va ushbu mamlakatlar amaldorlari vaziyatni o'zgartirish uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirmaydilar.

AQSh Davlat departamenti bu yil O'zbekistonni ikkinchi toifaga kiritdi. O'tgan yili O'zbekiston "Watch List" guruhida edi.