AQSh O'zbekistonga begʻaraz yordam sifatida 3 million COVID-19 vaktsinasini ajratadi

29-iyul kuni AQShdan COVAX dasturi orqali 3 million koronavirusga qarshi "Moderna" vaktsinasi mamlakatimizga yetkazib beriladi.
"Moderna"ning vaktsinasi kasallanishdan 90% himoya qiladi va o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra preparat 18 yoshdan katta bo'lgan barcha odamlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Ma'lumot uchun, AQShda "Moderna" vaktsinasi bo'yicha klinik sinovlarda 30 mingga yaqin odam ishtirok etdi. Koronavirus bilan kasallanganlar soni minimal edi, emlanganlar guruhida esa COVID-19 ning og'ir shakli bo'lgan birorta ham holat bo'lmagan.






