AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida maslahatlar platformasi tashkil etiladi

AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari mintaqaviy bog‘liqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi to‘rt tomonlama diplomatik platformasini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Tomonlar Afg‘onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi.

Shuningdek, tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yo‘llarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.