AQSh prezidenti

Oq uyi rahbari Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni G7 sammitida ishtirok etish uchun Evropaga tashrifi doirasida, shaxsiy uchrashuv o'tkazishga taklif qildi. Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti bu haqda nutqi paytida ma'lum qildi.

13 aprel kuni Putin va Bayden o'rtasida Amerika tomonining tashabbusi bilan ikkinchi telefon suhbati bo'lib o'tdi. Oq uy rahbari Rossiya prezidenti bilan ikki tomonlama munosabatlarning barqarorlashuvi va holati hamda qator xalqaro masalalarni muhokama qilmoqchi. Uning so'zlariga ko'ra, rahbarlar o'rtasidagi shaxsiy aloqalar ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish, shu jumladan samarali, konstruktiv va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun zarurdir. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.

 

4-may kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken AQSh va Rossiya prezidentlari o'rtasidagi yuzma-yuz suhbat ikki mamlakat uchun ham foydali bo'lishini ta'kidladi.

 

G7 uchrashuvi 11-13 iyun kunlari Buyuk Britaniyada, NATO yig'ilishi esa 14 iyun kuni Bryusselda bo'lib o'tishi kutilmoqda, deb xabar beradi “TASS”.