AQSh Qirg'izistondagi "so'z erkinligi" uchun o'n minglab dollar ajratadi

Qirg'izistondagi media tashkilotlarga "so'z erkinligi va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash bo’yicha" dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag’ ajratiladi. Bu bilan AQSh Davlat departamenti shug'ullanishi ma'lum bo'ldi.

 

Eslatib o'tamiz, AQSh Davlat departamenti Rossiyaliklarga Amerikaning ommaviy axborot vositalari erkinligi qadriyatlari va tamoyillarini tushuntirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirishni ham maqsad qilgan edi.

 

Davlat departamenti ta'kidlashicha, Qirg'izistonning media xizmatlari mintaqadagi "eng ochiq" hisoblanadi. Biroq, ularning aksariyatini o'z-o'zini senzura qilishining tarqalishi sababli butunlay mustaqil deb atash mumkin emas.

 

Qirg'izistondagi har qanday mustaqil ommaviy axborot vositalari mablag’ olish uchun murojaat qilishi mumkin. Grant doirasida AQSh ishtirokchilarga 10 dan 50 ming dollargacha yordam beradi. Ta'kidlanishicha, grantlar mamlakatdagi voqealarni mustaqil va xolis yoritish masalalarida qirg'iz jurnalistikasining salohiyatini oshirishga qaratilgan.