AQSh Rossiyaga ehtiyot qismlar yetkazib berishni taqiqlashi mumkin

AQSh hukumati Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan unga qarshi qo'shimcha choralar ko'rishni muhokama qilmoqda. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar qatorida aviatsiya va avtomobil sanoatida foydalaniladigan butlovchi qismlar eksportni taqiqlash ham bor.
Rossiya Ukrainaga hujum qilgudek bo’lsa AQSH qo'shimcha qat’iy eksport nazoratini ko'rib chiqadi. “Rossiyani smartfonlar, aviatsiya va avtomobilsozlik uchun asosiy butlovchi qismlar hamda boshqa sanoat tarmoqlari uchun materiallar import qilish imkoniyatidan mahrum qilish taklif qilinmoqda” deya xabar bermoqda Reuters ma’muriyatining nomi oshkor etilmagan vakili Jo Baydenga tayanib.
Oq uyda amaldorlar tomonidan muhokama qilinadigan chora-tadbirlar Rossiya-Ukraina chegarasidagi harbiy harakatlarning sanksiyalariga qo’shimcha sifatida amalga oshiriladi. “ Favqulodda eksport nazorati Rossiyaning AQSh sanoat va iste'mol texnologiyalariga kirishini taqiqlashi mumkin. Rossiyaga eksporti taqiqlanishi ko’zda tutilgan vositalar qatorida smartfon, samolyot, avtomobilsozlik va boshqa sohalar uchun butlovchi qismlar ham bor”deya ta’kidlangan agentlik manbalarida.
Agentlik manbasining ta'kidlashicha, eksport cheklovlari rossiyalik iste'molchilarga, ishlab chiqarish operatsiyalari va bandlikka jiddiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoldan holi emas. Ushbu cheklovlar joriy etilgudek bo’lsa, AQSH kompaniyalari Xitoyning Huawei bilan hamkorlikni taqiqlashda qoʻllanilgan choralardan foydalanadi.






