AQSh Rossiyani jahon moliya tizimidan butunlay uzmoqchi

AQSh “Rossiyani jahon moliya tizimidan butunlay uzib qo‘yadigan” sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasidagi tinglovda.
“Biz muhokama qilayotgan chora-tadbirlar, asosan, Rossiyani jahon moliya tizimidan ajratib qo‘yishni anglatadi, buning natijasida rossiyalik biznes va Rossiya aholisi, ularning ishlash, sayohat qilish va savdo qilish qobiliyati uchun barcha oqibatlarga olib keladi”, — dedi Nuland. Hokimiyat barcha mumkin bo'lgan chora-tadbirlarni ko'rib chiqmoqda.
Nuland, shuningdek, agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, AQSh Germaniyadan “Shimoliy oqim 2” loyihasini toʻxtatib qoʻyishini kutayotganini aytdi.






