АQSh tarixidagi eng sovuq harorat qayd etildi

“The Washington Post”ning yozishicha, mamlakat tarixidagi eng sovuq harorat hafta oxirida Nyu-Gempshir shtatida qayd etilgan. Ma’lum qilinishicha, Vashington togʼining tepasida -42 daraja sovuq qayd etilgan, togʼda shamol tezligi 160 km/soatga yetgan.
“NASA”ga koʼra Vashington togʼining tepasida harorat Marsdagi oʼrtacha haroratdan biroz sovuqroq. Ta’kidlanishicha, АQShda avvalgi rekord 2004-yilda oʼrnatilgan, oʼshanda havo harorati -38,8 daraja sovuq boʼlgan.






