АQSh Oʼzbekiston DXX Chegara qoʼshinlariga maxsus uskuna sovgʼa qildi

Joriy yilning 17-noyabr kuni АQSh elchisi Jonatan Henik Oʼzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʼshinlariga 225 dona «FLIR» termal monokulyar uskunalarini topshirdi. Ushbu kuzatuv uskunalari yorugʼlik past boʼlgan va noqulay ob-havo sharoitida chegarani noqonuniy kesib oʼtishni aniqlash qobiliyatini oshiradi.

“Bu loyiha orqali АQSh xavfsiz va suveren Oʼzbekistonga boʼlgan sadoqatini yana bir bor namoyish etdi”, — deyiladi Qoʼshma Shtatlarning mamlakatimizdagi elchixonasi xabarida.