AQSh va Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e'lon qildi

Oq uy Rossiya iqtisodiyotiga yangi sarmoya kiritish taqiqlangani, shuningdek, Rossiyaning ikki banki - Sberbank va Alfa-Bankga nisbatan "to'liq blokirovka qiluvchi" sanktsiyalar joriy etilishini e'lon qildi.
Bu ularning AQSh moliya tizimiga aloqador aktivlarini muzlatish demakdir.
Shuningdek, Amerika aholisiga ular bilan biznes qilish taqiqlanadi. Shu bilan birga, sanksiyalar Rossiyadan energiya yetkazib berish uchun to'lov bilan bog'liq bank operatsiyalariga ta'sir qilmaydi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Sberbank allaqachon avvalgidek ishlashda davom etishini e'lon qildi. Cheklovlar ruslarga xizmat ko'rsatishga hech qanday ta'sir qilmaydi. Tizim allaqachon sanksiyalarga moslashgan, tajriba va resurslar esa har qanday sharoitda muvaffaqiyatli ishlashiga imkon beradi.
Xuddi shu holat Alfa-Bankda ham tasdiqlangan. Ta’kidlashlaricha, rubl ham ishonchli holatda. Moskva birjasi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya valyutasi Vashingtondan kelgan xabarlardan keyin mustahkamlanishda davom etmoqda.
Shuningdek, Britaniya ham sanksiyalar ro'yxatini yangiladi: xabarlarga ko'ra, unga yana sakkiz nafar rossiyalik tadbirkor, shuningdek, Moskva kredit banki kiritildi.






