AQSHda besh yoshgacha bo'lgan bolalar ham Pfizer vaksinasi bilan emlanadi

AQSh fevral oyi oxirigacha besh yoshgacha bo'lgan bolalar uchun koronavirusga qarshi vaksinalarni tasdiqlashi kutilmoqda.
Yosh bolalar orasida Covid-19 yuqtirish holatlari “omicron” varianti paydo bo'lganidan beri ko'payganini guvohi bo’lishimiz mumkin.
Amerika Pediatriya Akademiyasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan oyda AQShda 3,5 milliondan ortiq COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilgan.
Ammo statistika ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, kasallangan bolalarning barchasi ham shifoxonaga yotqizilmagan. Shuningdek, bolalar orasidagi o'lim ko'rsatkichi unchalik ham yuqori emas.






