AQShda «TikTok» ijtimoiy tarmog’idan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, AQSh Kongressiga Respublikachi senator Marko Rubio tomonidan Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog’ini taqiqlash bo’yicha qonun loyihasi kiritildi.
Bunga sabab sifatida Xitoy Kommunistik partiyasi ijtimoiy tarmoq orqali amerikaliklarga josuslik qilishda foydalanishi mumkinligi ko’rsatilgan.
Shuningdek, qonun loyihasi Xitoy va Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan yoki ularning ta’siri ostida bo’lgan har qanday ijtimoiy tarmoq ilovalariga qarshi tuzib chiqilgan.
Marko Rubioning taʼkidlashicha, Xitoy qonunchiligiga ko’ra, TikTokning bosh kompaniyasi ByteDance Xitoy Kommunistik partiyasiga barcha maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
Manbaalarda ta’kidlanishicha, 2020-yilda AQShning o'sha vaqtdagi prezidenti Donald Tramp TikTok va WeChat ilovalarini yuklab olishni taqiqlamoqchi edi. U TikTok amerikaliklarning maxfiy ma'lumotlarini Xitoyga uzatishini va shu bilan mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotganini ta'kidlagan edi.






