Arizona shtat universiteti bilan hamkorlikda yangi universitet

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sintana Education Company mintaqaviy ijrochi direktori Chari Bagchio'g'lini bilan uchrashdi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlar AQSh bilan hamkorlikda O'zbekistonda qo'shma universitet tashkil etish loyihasini muhokama qildilar.

Loyiha doirasida Arizona shtat universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va qo'shma ta'lim va tadqiqot dasturlarini tashkil etish rejalashtirilgan.