Armanistonda ayollar ham harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin

Ma’lum qilinshicha, Armaniston Mudofaa vaziri o‘rinbosari Arman Sarkisyan ayollarning otish kurslariga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligini hisobga olib, ayollarni ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga chaqirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan.
“Armenpress” agentligi xabarida “Hozirda tegishli qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Endi faqat shuni aytishim mumkinki, harbiy xizmatga chaqiruv ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi”,- deya vazir o‘rinbosarining so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.
Sarkisyanning ta’kidlashicha, maqsad mamlakat mudofaa qobiliyatiga hissa qo‘shishni xohlovchi ayollar salohiyatidan foydalanishdir.
P.S. Armanistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan erkaklar 2 yil muddatga, 27 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar esa safarbarlik davrida muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.






