Armiyamiz dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-oʼrinni egalladi

“Global Firepower”ning 2023-yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida Oʼzbekiston 145 ta davlat orasida 62-oʼrinni egalladi. Reytingda kuchli uchlikni АQSh, Rossiya va Xitoy egallagan.

Shuningdek, Qozogʼiston 63-oʼrin, Turkmaniston 82-oʼrin, Qirgʼiziston 107-oʼrin, Аfgʼoniston 114-oʼrin va Tojikiston 120-oʼrinda qayd etilgan.

Oʼzbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta oʼquv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta tank, 197 ta oʼziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta yoppasiga oʼq uzish tizimlari mavjud.

Oʼzbekistonda xizmatni oʼtashga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv 622 ming kishiga toʼldirilmoqda. Аyni paytda Oʼzbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.