Asteroiddagi shahar: ilm-fan fantastikasi

Asteroidda qurilgan shahar. Bu ilm-fan fantastikasi, ammo qayd etilishicha Rochester universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, olimlar asteroidlar ichida shahar qurish ta’klifini bildirishgan.
“Qanday qilib asteroidda shahar qurish mumkin?”,- degan savolga “Ko'pgina materiallar u yoki bu shaklda mavjud. Eng katta qiyinchilik bu materiallarni biz izlayotgan miqyosda qo‘llashdir”,- deya javob bergan Rochester universitetida mashinasozlik bo'yicha nomzod va loyiha ortidagi miyalardan biri Peter Miklavchich.
Manbaalarga ko’ra, loyiha 1999-yilda topilgan asteroid sharafiga “Habitat Bennu” deb nomlangan. Tadqiqotda aytilishicha, shaharlar qurish uchun nafaqat Bennu, balki diametri 300 metr va undan ortiq bo‘lgan boshqa asteroid ham mos keladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, asteroidlarni nafaqat kelajakdagi yashash joylari, balki sayyoralararo sayohatlar uchun kosmodrom sifatida ham ko‘rish mumkin. Ularni o‘rganish bugungi kunda mavjud bo‘lmagan muhandislik yutuqlarini talab qiladi. Ammo fizika nuqtai nazaridan, bunday loyihani amalga oshirish imkoni mavjud.






