Avstraliya Rossiyaning 14 ta kompaniyasiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritdi

Avstraliya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaning 14 kompaniyasi, korxona va tashkilotiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.

Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vazirligining xabarida ma'lum qilindi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, Аvstraliyaning avtonom sanksiyalari yoqilgʼi-energetika kompaniyalari "Gazprom", "Gazprom neft" va "Transneft", Rossiyaning avtomobil va dvigatellar ishlab chiqaruvchi "Kamaz", Olmos qazib oluvchi "Аlrosa" kompaniyalar guruhi, "Roselektronika" xolding, "Rostelekom" PJ va "Rusgidro", «Kemasozlik korporatsiyasi» OАJ, "Sevmash" ishlab chiqarish birlashmasi (Birlashgan kemasozlik korporatsiyasining bir qismi), Rossiyaning "Sovkomflot" yuk tashish kompaniyasi, Novorossiysk dengiz savdo porti, shuningdek, Sogaz sugʼurta kompaniyasi va Rossiya milliy sayyohlik idorasining temir yoʼl turlarini bron qilish markazi Visit Russiaga nisbatan sanksiyalar kiritilgan.

Shu kungacha Avstraliya 500 dan ortiq Rossiya va Belarus fuqarolariga, jumladan, ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.

Rossiyaning yirik korxonalari va tashkilotlariga nisbatan iqtisodiy cheklovlar, jumladan, qurol va butlovchi qismlar, xom ashyo va neft va gaz qazib olish uchun asbob-uskunalarni eksport qilishni taqiqlash, shuningdek, Rossiyadan energiya, qurol-yarogʻ va boshqa mahsulotlarni olib kirishni taqiqlash eʼlon qilindi.