Avstraliyada suv toshqinidan keyingi umumiy tozalash jarayonlari

Avstraliyaning eng aholi zich hududi - yangi janubiy Uelsdqa bir necha kun davomida tinmay yog‘gan yomg‘ir natijasida suv toshqini kelib chiqqan. Qutqaruv xizmatlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, davlatning ko‘plab mintaqalari hozirda "ichki dengiz"ga o‘xshab qolgan. Katta hududlarda ko‘plab uy jihozlari siniqlarini ko‘rish mumkin.

Birgina Port-Makkuori shahrining o’zidan 18 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi, bu uning deyarli yarim aholisiga teng demakdir. U yerda ko‘ngillilar o‘z mulkini yo‘qotgan talafot qurbonlariga yordam bermoqdalar. Albatta, odamlar tirik qolganlaridan xursand bo’lishmoqda, biroq ularning turar-joylarini tiklash qiyin ekanligini tushunishadi.

Evronews.com ta’kidlashicha, bu toshqin Avstraliyada so‘nggi 60 yil ichida bo‘lib o‘tgan eng katta suv toshqini bo‘lib, u mamlakatga juda kata talafotlar va zarar keltirdi: yuzlab uylar buzilgan, elektr tarmoqlari uzilgan, yo‘llar suv ostida qolgan. Mahalliy hokimiyat vakillari hozircha ushbu talafotni bartaraf etishga qancha vaqt va vositalar ketishi bo‘yicha ma’lumot bermayapti