Avto-radar kameralari qanday masofada avtomobilni ko'rishni boshlanadi

Xozirgi kunda bu kameralardan hech qayerga yashirinolmaysiz. Yildan yilga tezlik oshishini va boshqa qoidabuzarliklarni nazorat qiluvchi texnikalar ko'payib bormoqda. Natijada haydovchilarni bu kameralar qayerda turgani emas balki qnchalik uzoqdan qoidabuzarlikni aniqlashi havotirlantirmoqda.

Radar kameralari etarlicha uzoqni ko'rishga qodir. Albatta, bugungi kunda bunday uskunalarning ko'plab modellari mavjud bo'lib, ba'zan ularning xususiyatlaridan juda farq qiladi. Biroq, har yili yanada rivojlangan va mukammal kameralar ishlab chiqarilib, ular yo'l harakati qoidalarini buzuvchini deyarli xatosiz aniqlashga qodir.

O'zbekistonda bugungi kunda turli xil radar uskunalari qo'llanilmoqda. Kameralar statsionar va portativdir. Eng mashhur tizimlardan biri - "Avtouragan" kameralari- qoidabuzarliklarni faqat 30 metrda ko'radi, ammo bu uskuna 17 turdagi yo'l harakati qoidalarini buzilganligini aniqlay oladi. Yana bir mashhur kamera – "Cordon" bo'lib taxminan 150 metr masofadan tezlik oshirilganligini aniqlaydi.