Avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi

Prezident yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta koʼrib chiqilishi shartligini taʼkidladi.

Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1-iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish boʼyicha topshiriq berildi.

Bunda aholi orasida alohida soʼrov oʼtkazib, ularning fikrlarini olish zarurligi koʼrsatib oʼtildi. Аvtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni ragʼbatlantirish tizimi joriy qilinadi.

Jumladan:

    tashuvchilarni tanlashda avtobusning yangiligiga qarab, yoʼnalishda yoʼlovchi tashishning kafolatlangan muddatlari 7 yilgacha uzaytiriladi (10 yoshdan oshgan avtobuslar boʼyicha shartnoma tuzilmaydi);
    tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar boʼyicha qoʼshilgan qiymat soligʼini boʼlib-boʼlib toʼlashiga ruxsat beriladi;
    avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.