Avtoraqamlarni yashirish ommalashmoqda, buning oqibatida YTH lar keskin ko'paydi

Toshkent Viloyati IIBB habar berishicha, yanvardan may oyiga qadar 200 dan ortiq haydovchi avtoulov raqamlarini yashirib harakatlanganlik holatlari, may oyida reyd jarayonida esa bu ko'rsatgich 100 ga yaqin chiqdi. Qoidabuzarlarga tegishli ravishda chora ko'rildi.

Barchaga ma’lumki, joriy yil o‘tgan davri mobaynida og‘ir oqibatlar, xususan, odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari keskin ortdi. Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, respublika bo‘yicha YTHlarning 3/1 qismi tezlikni oshirish bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin.

Haydo'vchilar, uzoq yo'l safariga otlanib, manzilga tezroq hamda jarimalarsiz kamchiqim yetib olish maqsadida avtoraqamlarni yashirish holatlari keskin avj olmoqda. Oqibatida, tumanlar va viloyatlar aro yo'llarda tezlikni haddan oshirish oqibatida yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasiga ko‘ra, davlat raqami belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish, ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, davlat raqami belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish MJtKning 125-moddasiga ko‘ra BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. (BHM - 245 000 so'm)