Aynan 18-avgust kuni «televideniye» so'zi ilk bor taklif qilingan

1900-yilning 18-avgusitda ilk bor rus muhandisi Konstantin Dmitrievich Perskiy tomonidan "televideniye" so'zi taklif qilingan.
Shu kuni olim Parijda bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro elektrotexnika kongressida nutq so‘zlagan va u yerda birinchi marta o‘z ma’ruzasida “televideniye” so‘zi tilga olingan. Oradan 122 yil o’tib esa, “televideniye” so‘zi keng qo‘llanilmoqda.
Dastlab, bu so'z butun Yevropaga tarqalgan, Rossiyada u faqat 1930-yillarning o'rtalarida ildiz otgan.
Ta'kidlash joizki, obyektning birinchi telefoto tasviri Toshkentda olingan.
1928-yil 26-iyulda Toshkentda Boris Pavlovich Grabovskiy boshchiligidagi bir guruh olimlar ilk bor harakatlanayotgan Toshkent tramvayini eksperimental televizion qurilmada namoyish qilganlar.
P.S. Bu kun zamonaviy televideniyaning tug'ilgan kuni hisoblanadi.






