Ayrim joylarda qor yogʼib, togʼli hududlarda qor koʼchishi mumkin

Ma'lum qilinishicha, bugun, 13-yanvar kuni Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʼona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchsiz qor yogʼishi mumkin.
Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʼllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -7-12 daraja sovuq boʼladi.
Toshkent shahrida ertalab kuchsiz qor yogʼishi mumkin, baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʼllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -10-12 daraja soviydi.
Togʼ oldi va togʼli hududlarda baʼzi joylarda biroz qor yogʼishi mumkin, tuman tushadi. Qor koʼchish havfi bor. Yoʼllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -10-15 daraja boʼladi.






