«Azal Airlines» Baku va Samarqand yo'nalishida aviareyslarni yo'lga qo'ymoqda

Ozarbayjonning "Azal" aviakompaniyasi Samarqandga qatnovlarni yo’lga qo’ymoqda. Ma’lum qilinishicha, Baku — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha birinchi reys 5-oktabr kuni amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bu yoʻnalishda muntazam parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A320 samolyotlarida: seshanba va juma kunlari harakatlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportida hokimlik, O‘zbekistondagi Ozarbayjon diasporasi, Uzbekistan Airports, Air Marakanda va Azal aviakompaniyalari vakillari ishtirokida ilk reysning tantanali kutib olinishi ham rejalashtirilgan.

P.S. 1992-yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yoʻllari (Azal) yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, Samarqand Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qiladigan O‘zbekistondagi ikkinchi shaharga aylanadi. Bakudan Toshkentga parvozlar muntazam ravishda payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.