Azim Axmedxadjayev energetika vazirining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi
Energetika vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari etib Azim Axmedxadjayev tayinlandi. A.Axmedxadjayev avval Jizzax viloyati hokimining o'rinbosari - investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.
Azim Axmedxodjayev (1979 y.t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 y.). Milliy bank tarkibida, shuningdek, iqtisodiyot vazirligi va O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasida ishlagan. 2016-yil may dan 2017-yil mart ga qadar "Asaka" bank boshqaruvi raisi edi .
2017-2018-yillarda investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasiga rahbarlik qilgan. 2018-yil Fevral oyida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga rahbarlik qildi va avgust oyida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish blokining rahbari bo'ldi.